9 Mart 2022 yil 412

Qiziriq tumani 3 sektor hududida istiqomat qiluvchi aholining muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarni o‘rganib chiqish orqali aholi qulay ijtimoiy infratuzilmani yaratib berish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu yo‘nalishda viloyatdagi 3-sektor rahbari boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish borasida maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida viloyatdagi korxona va tashkilotlardan biriktirilgan vakillardan tarkib topgan sektor a’zolari bilan birgalikda tumanning 3-sektor hududida joylashgan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida Yetimqum, Gilambob, Xalqobod, Zartepa va Kunchiqish mahallalarida bo‘lib, u yerda 3-sektor rahbari, sektor a’zolari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birma-bir suhbatlar tashkil etildi va ular bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish va bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek viloyat va respublika miqiyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida o‘rganildi.
Bunda mahallalarda yashayotgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga amaliy ko‘mak berish va ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida bandligini ta’minlash hamda aholini yillar davomida qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar yechimiga alohida etibor qaratildi.
Dastavval, tumanning “Yetimqum” mahallasida sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tizimli o‘rganish uchun sayyor qabul tashkil etilib, sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq aholi vakillari tomonidan 80 ga yaqin murojaatlar tinlanib, ushbu murojaatlarning 50 tasi joyida bartaraf etildi.
Jumladan, 4 nafar yoshlar daftariga kiritilgan yoshga bir martalik moddiy yordam pullari, 5 nafar ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga zamonaviy elektr pech va uy ro‘zg‘or buyumlari, 3 nafar sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarning 2 nafariga oziq-ovqat maxsulatlari (un, moy, oziq-ovqat mahsulotlari) va 1 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning murojaatidan kelib chiqib, unga nogironlik aravachasi taqdim etildi. Ijrosi bo‘yicha muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Misol uchun, Yetimqum mahallasida hokim yordamchisi Q.Turdiyev bilan birgalikda shu mahallada yashovchi tadbirkor Anvar Xo‘shboqovning tashkil etayotgan xususiy klinikasida bo‘lib, u yerda ushbu klinikaning ishga tushurilish muddati, ish o‘rinlari qamrovi va qurilish ishlari uchun ajratilishi kerak bo‘lgan kredit mablag‘lari yuzasidan tuman “Agrobank” ma’sullariga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Kunchiqish mahallasida shu kunning o‘zida viloyatdagi 24 nafar yetakchi mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, unda sektor hududida joylashgan mahallallardan jami 65 nafarga yaqin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularda 65 ga yaqin turli xildagi kasalliklar borligi aniqlandi.
Ambulator sharoitida davolanish uchun 60 nafar, statsionar sharoitda davolanish uchun 2 nafar va tuman shifoxonasiga 3 ta fuqarolarga tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida, tuman hududida 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan atroflicha muhokama qilinib, umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 taga yoki 19 foizga kamayishiga erishilganligi ta’kidlandi va kelgusida jinoyatlarni jilovlash borasida mas’ullarga bir qator topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech