Qiziriq tumani 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “vatanparvarlik” tadbirlari tashkil etildi.
Bugun Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev va Qiziriq tuman IIB
boshlig‘i, 3-sektor raxbari Sh.Allamurotovlar tashabbusi bilan biriktirilgan yoshlar
bilan amalga oshirib kelinayotgan manzilli chora-tadbirlarni mantiqiy davomi sifatida
"Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida “Yoshlar festivali”
tashkil etildi.
Albatta, bugungi kunda
ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari
samaradorligini oshirish, tumandagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari va mahalladagi
uyushmagan yoshlar va probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularning o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni
sport musobaqalariga keng jalb etish orqali bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismonan
baquvvat, bilimli, keng dunyoqarashli, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan barkamol
avlod qilib tarbiyalash davlatimiz oldidagi asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda.
Ichki ishlar organlari mas’ul
rahbarlari tomonidan tashkil etilgan festival tuman markaziy o‘yingohida davom ettirildi.
Unda sport musobaqalari, harbiy chiqishlar, milliy o‘yinlar, yosh kitobxonlik zakovat
tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida konsert dasturi namoyishi yoshlarga quvonch-zavq
baxsh etdi.