Qiziriq tuman ichki ishlar bo‘limida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 15-sentabr kuni Qiziriq tumani IIB binosida yig‘in signali berilib xodimlarning tashvish qoplari tekshirildi.
Shuningdek, xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida PM va AKM qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar olib borildi.
Shundan so‘ng Qiziriq tumani IIB shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida saf mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB va uning quyi tizimlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyiligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini yanada oshirishga qaratilgan turli mashug‘ulotlar o‘tkazilishi davom etmoqda.