Qiziriq hamda Bandixon tumani IIBlarida “Intizom oyligi” doirasida, tuman IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘i o‘rinbosari H.Nurmatov so‘zga chiqib, Ichki ishlar organlarida
joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash va temir
intizom oyligi” o‘tkazilayotganligi munosobat bilan shaxsiy tarkibning xizmat kiyim-boshlarini
kiyib yurishi, yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlari nazorat qilinib, ular
tomonidan salbiy xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida tushuntirish
ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘i o‘rinbosari H.Nurmatov muhtaram Prezidentimiz, Ichki
ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar
haqida to‘xtalib, bugungi kunda faxriylar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini
alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Qiziriq tumani
IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari
tomonidan Faxriylar kengashi raisi etib, iste’fodagi mayor Mamataliev Usmon Qo‘shnazarovich,
Bandixon tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga esa iste’fodagi serjant
Xolto‘raev O‘rol Axmedovichlar bir ovozdan ma’qullandi.
Shundan so‘ng xodimlar tomonidan
xizmat intizomini buzish holatlarini oldini olish maqsadida viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari H.Nurmatov tomonidan
yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning xizmat xonalarida
va ish yurituvidagi hujjatlari ko‘zdan kechirilib aniqlangan kamchilliklarni zudlik
bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.