23 Oktyabr 2022 yil 1405

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 22-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Denov tumanida sodir etilgani, onani bolasini oldida vaxshiylarcha kaltaklab tashlangani aytilmoqda”  sarlavhasi ostida video-lavha e’lon qilindi.

Mazkur holat 2022 yil 18 oktabr kuni taxminan soat 10:30larda Denov tumani “Z.M.Bobur” mahallasi xududida joylashgan viloyat Sil kasalliklari shifoxonasiga qarashli “Ftizotriya” dispanserida hamshira bo‘lib ishlovchi Iymomova o‘ziga tanish bo‘lgan hamkasbi Turg‘unova bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli janjallashib qolib, janjal vaqtida Turg‘unova  va uning onasi Qoramirzaevalar Iymomovani urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur jarayonni Iymomovaning voyaga yetmagan qizi Shodieva qo‘l telefonida tasvirga olib turganligi aniqlangan.

Ushbu holat tuman IIB tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda hodisa ishtirokchilarining olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda va tartibda tegishli choralar ko‘riladi.

Text to speech