28 Dekabr 2022 yil 522

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tezkor_Prezidentga_murojaat” – sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Joriy yilning 28 dekabr kuni Sherobod tumani Xo‘jgi maxallasida yashovchi X.Bibinur internet ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘g‘li H.M.ni “Sherobod tumanida yashovchi S.Q.ga tegajog‘liq qilishga ayblab Sherobod tumani IIB jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va Sherobod tumani IIB o‘g‘lini qamoqqa olganligini, Surxondaryo viloyati IIBga borganida hech kim qabul qilmaganligi” va boshqa vajlar keltirib murojaat qilgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoxabar Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib quyidagilar aniqlandi.     

Mazkur holat yuzasidan fuqaro H.M.ga nisbatan 2022 yil 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandiga malakalanib, gumon qilinuvchi H.M. 2022 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan ushlangan va “qamoqqa olish” ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, JIB Sherobod tuman sudiga iltimosnoma kiritilgan.


Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech