Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videodagi holat yuzasidan rasmiy izoh.
2023 yilning 6 maydan 7 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:10larda Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida yashovchi fuqaro S.S ismli ayol tuman IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, yashash uyiga notanish shaxs kelib ko‘p marta eshigini tepib janjal qilayotganligi haqidagi murojaat qilgan. Shu kuni tungi xizmatga jalb qilingan Muzrabot tumani IIB xodimi M.A. chaqirilgan manzilga borganda fuqaro U.P. kuchli alkogol mastlik holatida, IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagani uchun uni Muzrabot tumani Tibbiyot markazida tashkil etilgan Alkogol mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktiga olib borgan. Tibbiyot birlashmasida xam davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan U.Pni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qat’iy harakat qilgan. Xodimning harakatlari yuzasidan hozirda Surxondaryo viloyat IIB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini ma’lum qilamiz.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati