31 Mart 2023 yil 760

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryoda mahalla raisi fuqaroning ko‘ziga urib, ko‘zidagi pardani yorib yubordi»! –sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat

Joriy yilning 28 mart kuni 18:00 larda Sho‘rchi tumani «Baxshtepa» mahallasi hududida Baxshtepa mahalla raisi va fuqaro o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib  chiqadi. Janjal vaqtida mahalla raisi fuqaroning ko‘z qismiga urib tan jarohati yetkazadi.

Ushbu holat yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB tomonidan fuqaroning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayingan va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech