19 Noyabr 2022 yil 517

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Kobalt va Jentra bir-birini yo‘lini siqib kelgan, to‘xtab Kobaltni ichidagi 3 nafar shaxs Jentrani 1ta shopirini urib abgorini chiqarib tashlashibdi”!? –mavzusida video tarqaldi.

Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2022 yil 19 noyabr kuni soat 11-40 larda Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqarolar X.Abror, X.Nodirbek, Yu.Yusuflar Qumqo‘rg‘on tumani “Beshqaxramon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan oq rangli, Kobalt avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtlarida Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Islom o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Lasetti avtomashinasi bilan ularning yo‘lini to‘sadi va shu yerda o‘zaro janjallashib ketishadi, janjal vaqtida ular o‘zaro bir birlariga tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur holat, Surxondaryo viloyati IIB  tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aybdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech