Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo Denov tuman Katta karshi mahallasidan murojaat” – sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.
Joriy yilning 30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Farzandim xududdagi 64 maktab ӯquvchisi ko‘chada bir guruh mushtum zurlar qasdlashib doimiy xayotiga tajovus qilib kelmoqda. Ushbu zo‘ravonlar voyaga yetmagan farzandimni bir necha marotaba o‘ldirish bilan tahtid qilishdi uning hayoti xaf ostida” va boshqa vajlar keltirib murojaat qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoxabar Denov tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 26 dekabr kuni Denov tumani “Katta karshi” mahallasida joylashgan 64- sonli maktabning hovlisida ushbu maktabning o‘quvchilari voyaga yetmagan I.U, B.S va X.I lar og‘zaki jangjallashib qolishadi. Shundan so‘ng maktab hovlisidan ko‘chaga chiqib, janjallarini davom ettirishadi. Holatdan hududiy profilaktika inspektori xabar topib, shu vaqtning o‘zida o‘quvchilarni xizmat xonasiga olib boradi. O‘quvchilarning ota-onalari va maktab mas’ul xodimlari chaqirtirilib, ular ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida huquqbuzarlik sodir etmasliklari uchun tushuntirish ishlari olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan hududiy profilaktika inspektori tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilib, 27 dekabr kuni voyaga yetmagan I.U, B.S va X.I larning ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, voyaga yetmaganlarni Ichki ishlar organlari profilaktik hisobiga olish uchun Denov tuman xokimligi huzuridagi Bolalar masalalari bo‘yicha sho‘basiga to‘plangan hujjatlar yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati