2 Dekabr 2022 yil 1332

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i katta "duxni" qaerdan olyapti?” – sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib quyidagilar aniqlandi.

2022 yil 26 noyabr kuni soat 17:30 lar chamasi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Dalvarzin” SFU hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi safdor Avazov Luqmon G‘afforovich tomonidan tegishli xujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatilgan “Nexia 3” rusumli 75 269 VAA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi N.F.ning yonida eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini ogohlantirish taloni bo‘lgani, haydovchilik guvohnomasini “do‘konga tashlab kelganman”- deya taqdim etaolmagani sababli YPX inspektori haydovchiga yo‘l harakati qoidalarining 7 bandiga amal qilmagani uchun trasnport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib borib joylashtirilishini aytgan. Shunda haydovchi inspektorga e’tiroz bildirgan va rahbari R.Lolaevni chaqirgan. Fuqaro Lolaev ham inspektorlarga e’tiroz bildirib, qonuniy talabini bajarishni istamagan. Ushbu joyda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari R.Lolaevni mast holda ekanligiga gumonlanib tibbiy tekshiruvga taklif etgan va haydovchi R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismiga asosan qonuniy tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinasi vaqtincha saqlash jarima maydoniga joylashtirilgan.


Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech