27 Sentyabr 2025 yil 315

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sho‘rchi tumanida, dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi..." mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan Rasmiy munosabat

2025 yilning 22 sentabr kuni soat 14:00 larda Sho‘rchi tumani “Navro‘z” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K 592 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi “Damas” avtomashinasida harakat vaqtida rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelib, qarama-qarshi bo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani turtib yuborgan. Natijada piyodalar olgan tan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.  

Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tomonidan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini, hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarishdan oldin uning texnik holatini ko‘zdan kechirib, chorraxalar, piyodalar o‘tish joylari, ta’lim muassasalariga yaqinlashganda ehtiyot choralarini ko‘rishini so‘raymiz.

 

Surxondaryo viloyati IIB JXX Axborot xizmati

Text to speech