27 Aprel 2023 yil 783

Ijtimoiy tarmoqlarda “Onadan so‘kinib tashladi, xokimga savol bersang tug‘ilganingga pushaymon qildiraman!”- sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan

Joriy yilning 17 aprel kuni Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi N.A. viloyat IIBga murojaat qilib, unda shu mahallada yashovchi A.H. telegram ijtimoiy tarmog‘ining mingdan ortiq ahzosi bo‘lgan “Dashnabod onlayn” guruhida ovozli xabarlar orqali uni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligini bildirib unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro A. Hning harakatlarida internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, unga nisbatan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech