Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelinini jag‘ini urib sindirganligi aytilayotgan qaynakaga chora ko‘riladimi?”- sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan
Joriy yilning 21 aprel kuni soat 17-30 larda Denov tumani “Elobod” mahallasida yashovchi Q.Y. shu mahallada yashovchi qarindoshi J.M. ismli ayol bilan ilgaridan davom etib kelayotgan oilaviy nizolari sababli fuqaro J.M. ismli ayolning yashash uyida o‘zaro janjallashib qolishi natijasida, ayol tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Denov tumani STEning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, “O‘rtacha og‘ir tan jaroxatlari” deb baxolanishligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105- moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Tergov harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati