Ijtimoiy tarmoqlarda “Diqqat. Ayol va qizlar diqqatiga! Sarlavhasi ostida (o‘zbek va rus tillarida) e’lon tarqalmoqda.
Ushbu e’londa, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Diqqat.
Ayol va qizlar diqqatiga! Agar siz shahar aylanayotganingizda, ishdan yoki o‘qishdan uyga qaytayotganingizda, yo‘ldan yig‘layotgan kichik bola chiqib qolsa, qo‘lida adres yozilgan bo‘lsa, bolani o‘sha manzilga (adresga) bormanglar.
Darhol 02 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar beringlar.
Chunki bu odam o‘g‘irlashning yangi usuli.
Ba haqida xammaga habar bering!
Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim!
Aziz vatandoshlar.” Mazmunidani aholi o‘rtasida shov-shuv va vahima uyg‘otuvchi yolg‘on (FEYK) ma’lumotlar qayd etilgan bo‘lib, fuqarolarimizdan ushbu asoslanmagan yolg‘on ma’lumotga ishonmasliklarini so‘raymiz!
O‘zingizni zararli axborotdan himoya qilishingiz uchun quyida bir nechta maslahatlarni keltirib o‘tamiz:
sizda o‘ziga xos (qo‘rquv, vahima, nafrat va h.k.) his-tuyg‘ularni uyg‘otgan qandaydir axborotni olishingiz bilan uni boshqa foydalanuvchilarga yuborishga shoshilmang, katta ehtimol bilan bu soxta - feyk xabar bo‘lishi mumkin;
o‘zingiz uchun ishonchliligi shubha uyg‘otmaydigan nufuzli xalqaro va mahalliy axborot agentliklarining ro‘yxatini tuzib chiqing;
qabul qilgan axborotning mazmunini tekshirib ko‘rish uchun yirik qidiruv sistemalari (Google, Yahoo, Yandekc) imkoniyatlaridan foydalaning. Odatda ko‘p soxta xabarlar ilgari e’lon qilingan bo‘ladi, va ular rasman rad etilganligi haqda ma’lumot bo‘lishi ehtimoli ham mavjud;
O‘zingizni asrang. Soxta axborotlar xavf tug‘diradi. Ular odamlarni noto‘g‘ri qaror qabul qilishlariga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Ular ruxiyatga ta’sir ko‘rsatib, insonlarni chalg‘itishi mumkin.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati