2 Dekabr 2022 yil 818

Ijtimoiy tarmoqlarda “Denovda ikki kishi ayovsiz kaltaklandi”! –sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Ushbu holat joriy yilning 11 noyabr kuni soat 12:30 larda Denov shahar “Jomiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘yida mazkur mahallada yashovchi fuqaro U.A boshqaruvidagi damas rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib, ichki yo‘ldan avtomobil yo‘liga harakatlanib chiqqan vaqtida VAZ furgon rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashib, yo‘l chetiga to‘xtab avtomashinadan tushib kelib VAZ Furgon rusumli avtomashinasi haydovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan M.E va oldi yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan fuqaro S.B lar bilan o‘zaro tortishib qolgan vaqtida bir-birlari bilan tortishib janjallashib shundan so‘ng tarqab ketishgan. Oradan 3-soatlar o‘tib taxminan 14:30lar chamasida M.E, S.B o‘zlarining tanishlari, A.B, M.Sh, A.A, Sh.B lar bilan birgalikda Denov tumani “Jomiy” mahallasida joylashgan “Baraka” nomli savdo do‘koni yonida, atrofdagi fuqarolarning tinchini buzib bir guruhga birlashgan holda U.A. va U.R lar bilan janjallashib qolishib, bir-birlariga tan jarohati yetkazib bezorlik jinoyatini sodir etishgan.

Ushbu holat yuzasidan Denov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2022 yil 19 noyabr kunida fuqaro M.E, S.B, A.B, M.Sh, A.A, Sh.B, U.R, U.Alarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat, Surxondaryo viloyati IIB  tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aybdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech