23 Iyun 2023 yil 348

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xizmat avtomobili va elektro motoroller ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot

Joriy yil 11 iyun kuni soat 09:00 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani “At-Termiziy” ko‘chasida 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Sattorov H.H. boshqaruvida bo‘lgan elektro motoroller vositasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelib, qayrilib olmoqchi bo‘lgan safdor Komilov A.A.ga biriktirilgan  “Lacetti” rusumli, 75 238 VSF davlat raqam belgili YPX avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

YTH yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ullari tomonidan safdor Komilov A.A.ga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, natijasi ma’lum qilinadi.

Mazkur holatdan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibi xodimlarining xizmat va shaxsiy trasnport vositalarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Xodimlarga yo‘llarda qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishlari bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati.

Text to speech