7 Avgust 2024 yil 462

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot

2024 yil 6 avgust kuni soat 12:40 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Joziba” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lning 0 kilometrida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi "Lasetti" rusumli avtomobilda  “Qumqo‘rg‘on-Elbayon” temir yo‘l bekati oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi svetoforning ta’qiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan vaqtida, shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Sariosiyo-Termiz” yo‘lovchi poezdi bilan to‘qnashgan. Natijada haydovchi olgan tan jaroxatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

️Barcha haydovchilardan harakatlanish vaqtida yo‘l qoidalariga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Text to speech