Ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilish o‘tkazildi
Muzrabod tumani “Fidokor” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan H.Ikromov va Q.Suvonqulovning oilaviy nizolar sababli dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi, ular nazoratsiz va qarovsiz qolganligi bois Surxondaryo viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. Markazda voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, psixologik yordam ko‘rsatildi. Kelgusida jinoyat sodir etmasligi va jinoyat qurboni bo‘lishini oldini olish maqsadida, ularning ota-onasi, mahalla faollari, sinf rahbari hamda mahalla profilaktika inspektori ishtirokida viloyat IIB JXX HPB VEIHYoK Markazida yig‘ilish muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokamada
viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i podpolkovnik A.Xudoyberdiev, Voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaz boshlig‘i v/b kapitan M.Jo‘raeva, markaz
inpektor-ijtimoiy xodimi katta leytenant T.Abdiev, tuman xotin-qizlar masalasi bo‘yicha
hokim o‘rinbosari M.Ashurova, tumannnigg 24-sonli maktab direktori O.Qurbonov, mahalla
yettiligi,tuman inson ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish
sho‘basi mudiri o‘rinbosari M.Ilyosov, viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi bolalar
bilan ishlash bo‘limi Muzrabot tuman inspektor psixoligi katta leytenant Sh.Ashurov
mahalla yettiligi hamda faollari, nuroniy va oqsoqollar, maktab o‘qituvchilari ishtirok
etdi. Unda viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i podpolkovnik A.Xudoyberdiev so‘zga chiqib, voyaga yetmaganlarning oilaviy
yashash sharoitini doimiy ravishda nazoratga olish, oiladagi nosog‘lom muhitni o‘rganib chiqish va
farzandni muhim bir joyda yashashini ta’minlash lozimligini ta’kidladi. Tuman xotin-qizlar
masalasi bo‘yicha hokim o‘rinbosari M.Ashurova voyaga yetmaganlar H.Ikromov va Q.Suvonqulovning
maktabga doimiy ravishda ta’lim olishi va uning yashash sharoitini doimiy nazoratga
olinishi yuzasidan mahalla xotin qizlar faolini murabbiy etib biriktirilishi hamda
doimiy nazoratda bo‘shishligi haqida fikr
bildirib o‘tdi.
Shuningdek,
ular markazdan ketganidan so‘ng ta’lim tarbiyasi muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlariga
qatnashishi markaz xodimlari tomonidan monitoring qilib boriladigan bo‘ldi. Xalqimizda “bir bolaga yetti mahalla ota-ona”,
deyilganidek, har bir voyaga yetmagan bolaning taqdiriga davlatimiz befarq emas.