3 Oktyabr 2025 yil 65

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘riqlash boshqarmasi tizimidagi faxriylar holidan xabar olinib, bayram bilan muborakbod etildi

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tizimdagi bir guruh faxriylar holidan xabar oldilar. Ularni bayram bilan tabriklab, faxriylarning hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash ishlariga qo‘shgan ulkan hissalari ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, ularning nafaqada bo‘lishiga qaramay yosh kadrlarni tarbiyalash, xizmat ko‘nikmalarini shakllantirish, malakasini oshirish, tajribalarini singdirish borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Text to speech