29 Oktyabr 2022 yil 364

“Iste’molga yaroqsiz”-deb topilgan mahsulotlar yo‘q qilinmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB JXX PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha viloyatning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat hududidagi bozorlar va bozor atrofida ovqatlanish shaxobchalarida tekshiruv tadbirlari o‘tkazilishi natijasida 7 nafar fuqarolarga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109 moddasiga asosan har biri 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘mdan jami 1 050 000 (bir million ellik ming) so‘m jarimaga tortildi.

“Iste’molga yaroqsiz”-deb, topilgan 130 kg go‘sht va go‘sht mahsuloti, 105 dona tuxum, 30 kg sut, 8 kg baliq, 47 kg tuzlama mahsulotlar hamda 28.5 kg noma’lum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Viloyat hududida iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan reyd atadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech