28 Iyul 2023 yil 389

Iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi go‘sht mahsuloti savdosining oldini olindi

2023 yil 26 iyul kuni Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Sho‘rchi tumani Baxshitepa mahallasida yashovchi O.Zafar (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda yukxonasida 170 kg miqdoridagi hech qanday veterinariya hujjatisiz olib ketilayotgan mol go‘shti borligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan go‘sht mahsulotini iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliginit tekshirish uchun Boysun tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq- ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasiga topshirilganida, iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi.

Inson salomatligiga jiddiy kasallik yuqtirish orqali zarar keltirib chiqaruvchi iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotini sotib mo‘maygina pul orttirishni maqsad qilgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorga Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi.

Ichki ishlar organlari hamda tegishli davlat tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda bu kabi iste’molga yaroqsiz inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash borasidagi reyd tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech