ISSIQ VA OFTOB URIShI.
Issiq urishi — bu ortiqcha qizib ketish. U tana o‘zini sovitolmasa ya’ni sog‘lom haroratga qaytolmaganda kelib chiqadi. 37,7 °S gacha daraja hisobga olinadi. Ortiqcha qizib ketishning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin: jazirama, og‘ir jismoniy toliqish, organizmda yetarli namlik yetishmasligi...
Issiq va oftob urishiga sabab ob-havoning yuqori harorati va namligi, issiq, dim xonada ko‘p o‘tirish, quyosh ostida bosh yalang yurish, qalin, havo o‘tkazmaydigan (rezinali, brezentli, sun’iy tolali) kiyimlar kiyish, spirtli ichimliklar iste’moli, ovqatni me’yordan ortiq iste’mol qilish kabilar oqibatida vujudga keladi. Issiq urishining belgilari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlanish, bosh aylanishi, qusish, og‘iz qurishi, qattiq chanqash, yuzning to‘q qizil rangga kirishi kabilardir. Tomir urishi va nafas olish tezlashadi, bemor yurak qismida noxush og‘riq sezadi. Yengil oftob urganda tana harorati 37,50 ga, og‘ir hollarda esa 39-410 gacha ko‘tariladi. Oftob urishining belgilari: Odam uzoq vaqt quyosh nurlari ostida bosh yalang yursa, oftob urishi mumkin. Dastlabki belgilari xuddi issiq urgandagidek, ko‘rinishda bo‘lib, so‘ng bo‘shashish, quloqlarda shovqin, qo‘l-oyoqlar titrashi, yuz qizarishi, yurak urishi va nafas tezlashishi kabi alomatlar ro‘y beradi. Tana harorati 38-400 S gacha ko‘tarilishi mumkin. Og‘ir hollarda odam hushidan ketib, nafas va yurak to‘xtashi ham ro‘y berishi mumkin. Bemorni salqin joyga boshini tanasi bilan bir tekisda yotqiziladi. Qusayotgan paytda boshini yonboshlatib, barmoqqa toza doka o‘rab og‘zini qusqidan tozalanadi. Bemor yuzi sovuq suvda yuviladi, tanasi ho‘l sochiqda artiladi. Peshonasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Bir piyola suvga yarim choy qoshiq tuz solib ichiriladi. Nafasni qo‘zg‘atish uchun vaqti-vaqti bilan novshadil spirti hidlatiladi. Agar bemor hushsiz bo‘lsa darhol sun’iy nafas oldirish va yurak massajini boshlash kerak. Oftob urganda tana qizib ketishidan tashqari teri kuyishi ham mumkin. Yengil kuysa (teri qizarib shishsa, tekkanda og‘riq sezilsa) bu joyga vazelin yoki o‘simlik moyi surish kifoya. 3-4 kun davomida quyosh nurlaridan saqlanilsa, shikast o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Teri qattiq kuyganda qizaradi, pufakchalar paydo bo‘ladi. Ularga tegmaslik kerak! Pufakchalar mayda bo‘lsa, kuygan joyga sintomitsin emulsiyasini surib, quruq steril dokada bog‘lanadi va shifokorga murojaat qilinadi. HUShDAN KETISh Butunlay sog‘lom kishilar ham o‘ta dim xonada, charchaganda, qattiq qo‘rqqanda, qonni ko‘rganda, yotgan joydan keskin turganda hushdan ketishlari mumkin. Ayniqsa, yurak qon tomir tizimi kasalliklarida, kuchli og‘riq va ko‘p qon yo‘qotganda bu hol ko‘proq ro‘y beradi. Hushni yo‘qotishdan oldingi holatda bosh aylanadi, quloq shang‘illaydi, keskin zaiflik seziladi, esnoq tutadi, ko‘z oldi qorong‘ulashadi, sovuq ter bosadi, ko‘ngil ayniydi, qo‘l va oyoq o‘ziga bo‘ysunmay qoladi. Odamlarning rangi oqaradi. Yurak urishi sekinlashib ko‘z qorachig‘i kengayadi. Ko‘zlar avvaliga olayib keyin yopiladi. Ayni shu payt odam yiqilib tushishi mumkin. Agar odam o‘zini biladigan holatda bo‘lsa, uni darhol o‘tirg‘izib, boshini pastga tushurish kerak. Bo‘yni va ko‘krak qafasini qisib turadigan kiyimlardan xalos qilish: yoqalarini, bo‘yin bog‘ini yechish, bo‘ynidagi turli taqinchoqlarni olib qo‘yish kerak. Agar hushdan ketgan vaqti odam o‘zini bilmay qolsa uni orqasi bilan chalqancha yotqizish, boshni pastga tushirib, oyoqlarini ko‘taribroq qo‘yish lozim. Jabrlanuvchining kamarini bo‘shatib, betiga suv sepib, yuzlariga yengilgina urish kerak. Bo‘yni va ko‘kragini iloji boricha sovuq suvda ho‘llangan sochiq bilan uqalash maqsadga muvofiq. Shundan so‘ng jabrlanuvchiga novshadil spirti hidlatish kerak. Agar novshadil spirti bo‘lmasa, uning o‘rniga odekolon yoki oddiy oshxona sirkasidan foydalanish mumkin. Shu vaqt davomida toza havo kelishini ham ta’minlash kerak. Buning uchun deraza darchasi, oynalar yoki eshik ochib qo‘yilishi lozim. Hushni yo‘qotish odatda 3-5 daqiqa davom etadi. Agar behushlik holati birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng o‘tib ketmasa va belgilangan muddatdan uzoq davom etsa, bemorni to‘shakka yotqizib, issiq o‘rab yoki grelka qo‘yib, tinch qo‘yish kerak. Imkon bo‘lsa yurak tomchilarini, arslonquyruq yoki kardamon tinitmalarini ichirish kerak. Hushini yo‘qotgan kishi o‘ziga kelgach, achchiq choy yoki qahva ichirish lozim. Yalpizli yoki moychechakli choy ham yaxshi foyda beradi. Qoida bo‘yicha behush bo‘lgan kishi kasalxonaga yotqizilmaydi. Asabdan kelib chiqadigan tez-tez takrorlanuvchi behushlikda quritilgan dalachoy, limono‘t, jo‘ka gullaridan choy damlab muntazzam ichib turish tavsiya etiladi. Bu o‘simliklarni birgalikda yoki alohida qo‘llash mumkin. O‘simlikdan qancha miqdorda choy damlash o‘zingizga havola.
Quyosh urishi — kuyishning bir turi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining inson bosh qismini qizitib yuborishi hisoblanadi. Yaxshiyamki, issiq o‘tishi birdaniga sodir bo‘ladigan hodisa emas. Uning o‘ziga xos alomati mavjud — issiqdan silla qurishi. Bu jadallashuvchi jarayon bo‘lib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovishga ko‘mak zarurligidan xabar beradi.
Termik silla qurishini har xil holatlarga doir quyidagi alomatlar orqali aniqlash mumkin:
1. Oqargan, sovuq, xira teri;
2. Bosh aylanishi;
3. Bemajollik va ongning chalkashishi;
4. Ko‘z oldi qorong‘ilashish hissi;
5. Chuqur terlash;
6. Bosh og‘rishi;
7. Ko‘ngil aynishi, yengil qayt qilish;
8. Yurak urishi tezlashishi;
9. Mushaklar siqilishi va ich ketishi;
10. Siydik rangining o‘zgarishi (to‘q).
Issiq urishining alomatlari
Agar siz termik silla qurish belgilarini allaqachon boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, holat issiq urishiga yetgan bo‘lishi ham mumkin. Uning alomatlari yanada jiddiyroq tus oladi:
1. Tana harorati 40 °S dan ko‘tarilishi;
2. Nafas olishda qiyinchilikka duch kelish;
3. Og‘izda suv to‘planishi;
4. Bezgak tutishi;
5. Yurak urishida jiddiy buzilishlar;
6. Ichki organlarning issiqdan shok tufayli faoliyatini to‘xtatishi ehtimoli;
7. Miya ishlashida uzilishlar.
Termik silla qurishida birinchi yordam
Agar gap issiq urishining faqat boshlang‘ich simptomlari haqida ketayotgan bo‘lsa, ilk vazifalar quyidagi tartibda bo‘ladi:
1. Jismoniy harakatni to‘xtatish;
2. Quyosh ostidan (issiq binodan) soyaga o‘tish, havo aylanishi yengil bo‘lgan yoki konditsionerli xonaga kirish;
3. Iloji bo‘lsa kiyimlarni yechish;
4. Peshonaga sovuq suvda namlangan doka yoki sochiq qo‘yish;
5. Kamida 1-2 stakan suv ichish. Bu organizmga suvsizlik holatidan chiqish va o‘zini sovitish xususiyatini tiklashga yordam beradi;
6. Regidron yoki sport izotonik ichimliklari ichish. Bunday ichimlik tarkibida metabolizm va asab tizimi funksiyalari uchun muhim bo‘lgan elektrolitlar mavjud.
Quyosh urgandagi birinchi yordam
Agar sizni yoki atrofingizdagi odamlardan birortasini quyosh urgan bo‘lsa, o‘sha yerning o‘zida ko‘rsatilgan yordam samarali bo‘lmasligi mumkin. Qusish, yurak urishida buzilishlar aniqlansa, hushdan ketish xavfi bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak.
Issiq urishi ortga surib bo‘lmaydigan tibbiy holat hisoblanadi, undan aziyat chekuvchi odam tezkor yordamga muhtoj.
Xavfsizlik choralari
Agar siz oftob urishidan aziyat chekkan bo‘lsangiz, yaqin haftalar davomida yuqori haroratga nisbatan ayniqsa sezuvchan bo‘lib qolasiz. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qiling.
1. Ko‘proq suyuqlik ichingQuyosh ostida o‘tuvchi har bir soat uchun 2-4 piyola ichimlik (suv, meva yoki sabzavot sharbati) eng to‘g‘ri me’yor hisoblanadi, ayniqsa jaziramada jismoniy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz. Terlash davomida tanangizdagi namlik kamayib borishiga yo‘l qo‘ymang.
- Kunning eng issiq vaqtlarida salqin joyda bo‘lishga harakat qiling
Yoz kunlarida kunduzgi 11:00dan 5:00gacha vaqt oralig‘i eng xavfli hisoblanadi. Aynan shu davrda quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan ehtiyot bo‘ling. - Yorqin rangdagi yengil kiyim tanlang Kiyimingiz iloji boricha keng va havo o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak.
- Bosh kiyimni unutmang Shlyapa yoki panamalar oftob urishini qaytarishga qodir. Kepkalar issiq kunda maqbul tanlov emas, bosh kiyim yupqa va kattaroq bo‘lgani ma’qul.
- Tez-tez sovuq suvli dush yoki vanna qabul qiling Bu tana haroratini tushiradi.
- Tarkibida alkogol yoki kofein bo‘lgan ichimliklar ichmang Ular suvsizlik darajasini yanada oshradi va qon tomirlarini taranglashtiradi. Buning natijasida tana kam terlaydi, sovishi qiyinlashadi.
7. Siydik rangini nazorat qiling Rang to‘qlashishi tahlikali suvsizlikdan darak beradi.