Islohotlar ijrosi amalda
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Sh.Saidov rahbarligida, Boysun va Oltinsoy tumanlarida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, "mahallabay" olib borilayotgan ishlar samaradorligi oshirish masalalari yuzasidan yig'ilish tashkil etildi.
Unda sektor rahbarlari, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Mahalla fuqarolar yig'ini raislari va faollari, hokimlik, korxona va tashkilotlar mas'ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
O'tkazilgan yig'ilishda, hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilning o'tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar atroflicha tahlil qilinib, mazkur yo'nalishda sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi. Ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oshib ketganligi tanqid qilinib, tegishli mas'ul rahbarlar qat'iy ogohlantirildi. Jinoyat oshgan mahallalarda profilaktik targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish, psixologlarni jalb etgan holda oilalarni o'rganish, tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, yig'ilishda "Mahallabay" doirasida, "temir daftar", "yoshlar daftari" va "ayollar daftar"lariga kiritilgan fuqarolarning muammolari o'rganish, turmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta'minlash va ushbu daftarlar ro'yxatidan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama etilib, bu yo'nalishdagi belgilangan vazifalarni bajarishda barcha bo'g'indagi rahbarlar mas'uliyat bilan yondashish zarurligi ta'kidlandi. Muloqot davomida joylarda fuqarolarning karantin tartib-qoidalariga rioya etmayotganligi, bu esa koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshib ketayotganligi aytib o'tildi. Bu borada barcha aloqador tashkilotlar vakillari aholi o'rtasida targ'ibotlar o'tkazib, fuqarolarni e'tiborsiz bo'lmaslikka chorlash, karantinda belgilangan cheklovlarga amal qilinishini nazorat etishlari lozimligi ta'kidlandi.
Yig'ilish yakunida, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglanib, rahbarlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati