28 Yanvar 2021 yil 714

Ishsizlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Surxondaryo viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha jamoat tashkilotlari hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda ish izlab yurgan vohadoshlarimiz va shahar-tuman IIB hamda sog'liqni saqlash idoralari hisobida turgan shaxslar ishtirok etdi.
Yarmarka davomida hisobda turgan fuqarolar bilan faol ijtimoiy-siyosiy fikrlash, axloqiy etuk qadriyatlarni rivojlantirish, shuningdek, mehnat qilish ko'nikmalarini singdirishga qaratilgan tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borildi.
Jumladan, joriy yilning 23 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar Termiz shahar, Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Qumqurg'on, Sho'rchi, Oltinsoy, Denov, uzun va Sariosiyo tumanlarida o'tkazilgan mehnat yarmarkalarida jami 1271 nafar ishsiz profilaktik hisobda turgan shaxs ishtirok etdi. Ulardan 154 nafari zahiralangan bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi.
Bunday mehnat yarmarkalari hali davom etmoqda.

Surxondaryo vloyat IIB axborot xizmati

Text to speech