10 Mart 2022 yil 458

Ishchi guruh Sherobod tumani 3- sektor hududidagi xonadonlarda bo‘ldi

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida tuzilgan ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish manzili Sherobod tumanidagi 3-sektor hududi bo‘ldi. 12 ta mahallani qamrab olgan hududdagi o‘rganish ishlari Kattabog‘, Oqtepa, Qulluqsho, Nurtepa va Oltinvoha mahallalaridan boshlandi. Albatta, bu yerda ham 3-sektor rahbari, sektor a’zolari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birma-bir suhbatlar tashkil etildi va ular bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish va bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek viloyat va respublika miqiyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida o‘rganildi.
Bunda mahallalarda yashayotgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga amaliy ko‘mak berish va ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida bandligini ta’minlash hamda aholini yillar davomida qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar yechimi e’tibor markazida bo‘ldi.
Tumanning “Kattabog‘” mahallasida sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tizimli o‘rganish uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda 20 ga yaqin murojaatlar tinglandi, 4 tasi joyida hal etildi.
Kattabog‘, Oqtepa, Qulluqsho mahallasi hokim yordamchilariga parrandachilik, rivojlantirish uchun aholiga kredit asosida 3000 talik inkubator olib berilishi va echki boqishni tashkillashtirish bo‘yicha kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, mahalladagi hokim yordamchisiga har bir xonadonda parranda va echki boqishni tashkillashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kerakligi tushuntirildi.
Shundan so‘ng, tumanning Oltinvoha va Mehrobod mahallalari hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan suhbat o‘tkazilib, Ilg‘or mahallasidagi Ye-auksion elektron platformasi orqali auksionga qo‘yilgan va yutib olgan yoshlar va ishsiz fuqarolar bilan gaplashilib, ularning kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik I.Ismanov viloyatdan biriktirilgan sektor a’zolari bilan birgalikda sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy og‘ir ahvolda yashayotgan 3 ta xonadonda bo‘ldi va ularga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, Sherobod tumani 3-sektor rahbarining sovrini uchun uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan zakovat intellektual bellashuvining g‘oliblarini faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdirladi.
Fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech