17 Dekabr 2021 yil 593

Intizomli lashkar yengilmas

Ichki ishlar xodimi jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xizmat olib borar ekan, eng avvalo, bu borada o'zlari boshqalarga o'rnak bo'lishlari lozim. Shuningdek, ular xizmat intizomiga rioya qilishlari hamda qonuniylikni ta'minlashda mas'uliyat his qilishlari shart.
Bu haqida 2021 yil 20 noyabrdagi ichki ishlar vazrligi Hay'atining navbatdan tashqari o'tkazilgan Majlis bayonnomasida ham alohida qayd etilgan bo'lib, qator vazifalar ham belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida yaqinda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qo'shinlari qo'mondonligi shtab boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik Rustam Aliqulov hamda qo'shin qo'mondonligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish bo'limi boshlig'i, podpolkovnik Sherzod Baratovlar Termiz xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash alohida batalonida bo'lishdi. Va harbiy qism shaxsiy tarkibi tomonidan harbiy intizom talablarining qay darajada bajarilayotganligini ko'zdan kechirishdi.
Jarayonda harbiy xizmatchilarning shaxsiy avtomobillari hamda uyali telefonlari ham ko'zdan kechirildi. Ularga bugun Internet tarmog'i orqali qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli o'yinlarga berilmaslik, bunday o'yinlar katta qarzdorlik keltirib chiqarib, turli noxush vaziyatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.
Shundan so'ng, harbiy qismda o'tkazilgan davra suhbatida harbiy xizmatchilar o'rtasida sog'lom axloqiy va ruhiy muhitni qaror toptirish lozimligi, barcha bo'g'indagi rahbarlarning o'z xizmat vazifasiga mas'uliyatni oshirish kerakligi bo'yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech