16 Iyun 2022 yil 498

“Intizom oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishiga asosan 2022 yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” etib belgilanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hududida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan Uzun tumani IIBda O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Surxondaryo viloyati IIBning mas’ul xodimlari ishtirokida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazilib, buklet va qo‘llanmalar tarqatildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Text to speech