4 Avgust 2023 yil 247

“Intizom oyligi” doirasida 9-son tergov hibsxonasi xodimlari bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 25 iyundagi  IIV tizimida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 208-son Farmoyishi talablariga asosan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 9-sonli tergov hibsxonasida shaxsiy tarkibi bilan tergov hibsxonasida uzoq yillar davomida halol va vijdonan xizmat qilib hozirda nafaqa gashtini surayotgan istefodagi podpolkovnik Qodirov Bunyod Erkinovich ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda istefodagi podpolkovnik Bunyod Qodirov yosh xodimlarga o‘zining boy hayotiy tajribalari, xizmat favoliyati davomidagi uchragan qiyinchilaklarini  yosh xodimlarga aytib o‘tib, bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan tub is’hohatlar va ularning ahamiyati hamda kelajakdagi istiqbolli rejalari to‘g‘risida tushunchalar berib davlatimiz rahbarining ichki ishlar tizimiga qaratayotgan e’tibori tufayli tizimda xizmat qilayotgan xodimlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanib, xizmat intizomi va qonunchilika rioya qilishlari, o‘z ustida ishlashlari yuzasidan  maslahatlarini berib o‘tdi.

Text to speech