15 Iyun 2024 yil
721
“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryoda Patrul-post xizmati bataloni xodimlari bilan psixologik-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari
tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi
Patrul-post xizmati bataloni mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda batalon xodimlari
uchun “Stress holatlarni oldini olishning psixologik usullari” mavzusida psixologik-trening
mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur
psixologik-trening mashg‘ulotini viloyat IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda Termiz davlat universiteti
“Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘tkir Jo‘raevichlar o‘zaro hamkorlikda olib borishib, xodimlarning individual–psixologik
xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik,
bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini
ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga
to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.