13 Iyun 2024 yil 777

“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib ularning muammolari o‘rganilib, xodimlar va oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarning xizmat faoliyati va oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratilmoqda.

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimlar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.

Text to speech