12 Iyun 2024 yil 564

“Intizom oyligi” doirasida Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan psixologik-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda Termiz davlat universitetining “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘tkir Jo‘raev tomonidan “Stress holatlarni oldini olishning psixologik usullari” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Unda xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Text to speech