21 Iyun 2024 yil 333

“Intizom oyligi” doirasida mehnat faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan marhum xodimlar oila a’zolari holidan xabar olindi.

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilmoqda, shu munosabat bilan joylarda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari ichki ishlar organlari tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan mehnat fahriylari hamda xizmat vaqtida vafot etgan marhum xodimlarning oila a’zolari holidan xabarlar olinmoqda.

Buning misoli sifatida kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Akrom Sharofiddinov hamda viloyat IIB Kasaba uyushmasi raisi mayor Husan Nurmatovlar hamrohligida Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan mehnat Faxriylari hamda xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan marhum xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi. Xonadon sohiblari bilan dildan suhbatlar qilinib, suhbat asnosida yashash sharoiti, sog‘ligini tiklash uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa muammo va takliflari o‘rganildi.

Tashrif davomida xonadon sohiblariga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Text to speech