22 Iyun 2024 yil 407

“Intizom oyligi” doirasida boshqarma Probatsiya guruhi xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024 yil 25 may kunidagi Farmoyishiga asosan 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilayotganligi bois 2024 yil 22 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik N.Djumaeva ham boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori mayor J.Shukurovlar ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi binosida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali “Probatsiya xizmati xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunbuzilish holatlarini oldini olish” mavzusida onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari hususan Probatsiya xizmatida yo‘l qo‘yilgan turli salbiy holatlarni yetkazib shaxsiy tarkibni ogohlikka chaqirishdi hamda sohada yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech