“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan Boysun tumani IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi buyrug‘i
talablari asosida, joriy yilning 08 iyun kuni viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB
Faxriylar kengashi, Boysun tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan
xodimlar ishtirokida Boysun tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi
va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmatov Husan Pardaevich
so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda
viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib,
bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini
alohida ta’kidlab, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga
qat’iy rioya etishlari, shuningdek, IIVning tegishli farmoyishiga asosan, joriy
yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi
munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida topshiriqlar
berdi.
Yig‘ilish davomida Boysun tumani IIB Faxriylar kengashi
raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar
kengashi raisi etib, iste’fodagi mayor Abduhakim Navro‘zov bir ovozdan ma’qullandi.
Boysun tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga tayinlangan
iste’fodagi mayor A.Navro‘zov “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilishi”ni
ta’kidlab, mas’uliyatli va sharafli vazifaga tayinlanganligi, bu borada amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hususida o‘z fikrini qisqacha bildirib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida, viloyat IIB mas’ullari tomonidan faxriy
ustozlarning taklif va murojaatlari tiklanib, mas’ul ra’barlarga ushbu murojaatlarni
ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib
ketdi.
Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib,
tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat
intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa
har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda
xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir
qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.