11 Iyun 2024 yil 363

“Intizom oyligi” doirasida Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasida faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Denov tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi tashkil qilindi.

Tashkil etilgan yig‘ilishda, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, tuman IIB Faxriylar kengashi raisi va a’zolari, tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Saidov so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, shuningdek, 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar IIBda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib ketdi.

Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda  xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.

Yig‘ilish so‘nggida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech