“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Davlat drama teatri tomonidan spektakl namoyish etildi.
O‘zbekiston
Respublikasi IIVning 2024 yil 10 may kunidagi hamda Surxondaryo viloati IIB boshlig‘ining
joriy yil 25 may kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida,
joriy yilning 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlar va ularning oila a’zolari e’tiboriga, O‘zbekiston Davlat drama teatrining
ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Turkiston yoshlari” nomli spektakli
namoyish etildi.
Bu kabi spektakllarni
muntazam ravishda namoyish etib borish ichki ishlar organlari xodimlarining madaniyat
va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish,
tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb
etdi.