23 Sentyabr 2021 yil 1383

Inspektor-psixologlar tomonidan reyd tadbirlari o'tkazilmoqda

Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlari tomonidan voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ta'lim dargohlariga bormasdan yurgan maktab o'quvchilarini ta'limga jalb qilish maqsadida, shahardagi 28 ta umumta'lim muassasalarida "Davomat", "o'quvchi", "tungi reyd" profilaktik tadbirlari o'tkazildi.
O'tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan tarbiyasi og'ir bolalar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar amalga oshirilishi bilan birga voyaga etmaganlar masalallari bo'yicha inspektor-psixologlar hamkorligida o'quvchilar o'rtasida davra suhbatlari o'tkazildi.
Voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixolog xodimlari tomonidan maktab ichki odob-ahloq qoidalariga rioya qilmagan o'quvchilar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilib, ularning ota-onalariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilishi to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.
"Tungi reyd" davomida aniqlangan nazoratsiz yurgan voyaga etmaganlar Termiz shahridagi voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech