13 Mart 2021 yil 544

Inson-insoniyligini yo'qotsa jinoyatga qo'l uradi

Jarqo'rg'on tumanida, 2021 yilning 7 mart kuni tumanning "Xalqobod" mahallasida yashovchi, M.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 4 mart kunidan 5 mart kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar hovlisida joylashgan molxonasidan har biri 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik 33 (o'ttiz uch) bosh qo'y-qo'zilarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Qumqo'rg'on tumanida yashovchi, ilgari o'g'irlik qilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan A.N. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Mazkur holat yuzasidan, 9 mart kuni A.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ilgari qilgan qilmishlaridan to'g'ri xulosa qilmagan A.N. takror qilgan jinoyati uchun Odil sudlov oldida boshi egik holda javob berishiga to'g'ri keladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech