Inson qadri-ulug‘. U ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak
Inson huquqlari, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Sherobod tumanidagi “Qishloqbozor” mahallasida avariya holatidagi boshpana o‘rniga yangi uy qurib berildi.
Sherobod tumani IIB boshlig‘i 3-sektor
rahbari podpolkovnik O‘.Shukurov sektor hududidagi "Qishloqbozor" mahallasida
yashovchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro murojaati bo‘yicha xonadonida bo‘lib,
uy-joyini qayta qurib berish bo‘yicha kelishib olingan edi, fuqaroning murojaati
bo‘yicha sektor rahbarining tashabbusi, hamda
homiylar ko‘magi asosida uy-joyini qayta qurib berish ishlari yakunlanib,
Mamadaliyevlar oilasiga yangi 2 xonali uy qurib berildi.