11 Avgust 2025 yil 111

“Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida, Angor tumani Ichki ishlar bo‘limida “Uch avlod uchrashuv”i o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishi ijrosi yuzasidan “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida  joriy yilning 11 avgust kuni Angor tumani Ichki ishlar bo‘limida ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan bir guruh nuroniy va faxriy ichki ishlar xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Samimiy o‘tkazilgan uchrashuv davomida tizimdagi faoliyat yo‘nalishlari, yosh xodimlarning bugungi kunda olib borayotgan izchil ishlari muhokama qilinib, avlodlar o‘rtasida tajribalar almashilib, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularni Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirish muhimligi uqtirildi.

Text to speech