9 Avgust 2025 yil
377
“Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibiga viloyat "Agro bank" ATB Surxondaryo viloyati Hududiy filiali boshqaruvchi o‘rinbosari Umidjon Norqulov tomonidan bankda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va qulayliklar shuningdek bankda ajratilyotgan kreditlarning afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Targ‘ibot tadbiri davomida, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Mazkur oylik doirasidagi ishlar tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan davom ettirilmoqda.