“Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Jarqo‘rg‘on tumani IIB xodimlariga tuman ATB “Agrobank” filiali xodimlari tomonidan bankda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va qulayliklar shuningdek bankda ajratilyotgan kreditlarning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Bundan
tashqari tuman IIB xodimlari hamda ularning kasb o‘rganish istagi bor oila a’zolari
uchun Angor tumanida joylashgan “Kasbiy ko‘nikmalar markazi”ga olib borilib, markaz
faoliyati tanishtirilib, imtiyozli kasb-hunar o‘rganishlari,ta’lim olishlari uchun
arizalari topshirildi.
Mazkur oylik doirasidagi ishlar tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan davom ettirilmoqda.