8 Avgust 2025 yil 461

“Inson qadri uchun” shiori ostida o’tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar organlari xodimlarining yashash xonadonlarida hasharlar tashkil etilib, bemor xodimlari holidan xabar olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi mas’ullari tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan 26 nafar xodimlarning xizmat xonalari tekshirildi. Bundan tashqari 32 nafar xodimlarning xonadonlariga borilib, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi hamda uy yumushlariga yaqindan ko‘maklashildi. 28 nafar xodimlarni transport vositasining xujjatlari tekshirildi.

Oyilik doirasida, ichki ishlar organlari uzoq yillar xizmat qilib hozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan xodimlarning holidan xabar olinib estalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xodimlarga bir martalik yordam pullari ajratilgan bo‘lsa, xizmat faoliyatida o‘zining namunaviy hulqi va amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha namuna ko‘rsatgan xodimlarga estalik sovg‘alari berilib, ularning ota-onalariga tuman IIB rahbariyatining minnatdorchilik xatlari yuborildi. Shu bilan birga xodimlar va ularning oila a’zolari madaniy hordiq chiqarishlari va ma’naviy salohiyatini oshirish uchun Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etildi. Bemor bo‘lib shifoxonada davolanayotgan xodimlarning holidan xabarlar olindi.

Xodimlarning ba’zilari o‘z xonadonlarida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli hasharlar ham tashkil etildi. Ushbu qurilish ishlari olib borilayotgan xonadonlarga xodimlar tomonidan beg‘araz ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatililishi tahsinga sazovordir.

Mazkur yo‘nalishdagi hayrli va savobli ishlar ushbu oylik doirasida davom ettirilmoqda.

Text to speech