7 Avgust 2025 yil 376

“Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Angor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining yashash xonadonlarida hasharlar tashkil etilib, bemor xodimlari holidan xabar olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Angor tumani ichki ishlar bo‘limi mas’ullari tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan xodimlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, uy yumushlariga yaqindan ko‘maklashildi. Bemor bo‘lib shifoxonada davolanayotgan xodimlarning holidan xabarlar olindi.

Shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolari madaniy hordiq chiqarishlari uchun muqaddas qadam joylarga ziyorat hamda Muzeylarga sayohatlar tashkil etildi.

Bundan tashqari, ba’zi xodimlarning xonadonlarida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli hasharlar ham tashkil etildi.

Ushbu qurilish ishlari olib borilayotgan xonadonlarga xodimlar tomonidan beg‘araz ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mazkur yo‘nalishdagi hayrli va savobli ishlar ushbu oylik doirasida davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech