“Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining yashash xonadonlarida hasharlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil 6 avgust kuni Sariosiyo, Jarqo‘rg‘on hamda Muzrabot tumanlari ichki ishlar bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning yashash xonadonlarida qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli hasharlar tashkil etildi.
Ushbu
qurilish ishlari olib borilayotgan xonadonlarga xodimlar tomonidan beg‘araz ijtimoiy
ko‘mak ko‘rsatildi.
Mazkur
yo‘nalishdagi hayrli va savobli ishlar ushbu oylik doirasida davom ettirilishi ko‘zda
tutilgan.
Eslatib o‘tamiz ayni kunlarda ichki ishlar organlari tizimlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida xodimlar orasida avtotransport vositalarini sotib olish, turar joyini tamirlash va yashash sharoitini yaxshilash uchun foizsiz qarz hamda uy joy harid qilish uchun daslabki badal pulining 25 % miqdorida to‘lab berilishida amaliy yordam so‘rab murojaatlar qabul qilinib, “Ye-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” yagona interaktiv xizmatlar portaliga navbatga qo‘yish ishlari davom etmoqda.