“Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimlarida faxriylar bilan uchrashuv tashkil etilmoqda
Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishi ijrosi yuzasidan “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida joriy yilning 09 avgust kuni viloyatning Jarqo‘rg‘on, Sherobod hamda Boysun tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan sobiq xodimlarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Bugun ham ushbu ezgu an’anani davom ettirgan holda, ichki
ishlar organlari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan bir guruh nuroniy va faxriy
ichki ishlar xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Samimiy suhbatlar, bir piyola choy ustida o‘tkazilgan iliq
uchrashuv davomida tizimdagi faoliyat yo‘nalishlari, yosh xodimlarning bugungi kunda
olib borayotgan izchil ishlari muhokama qilindi.
Avlodlar o‘rtasidagi bunday muloqotlar tajriba almashish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularni Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.