19 Oktyabr 2024 yil 300

“Imom Termiziy xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga tashrif buyurgan horijiy mehmonlar kutib olindi.

Termizda 17-18-oktabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ularning xavfsizligi ta’minlanib, Imom Termiziy va Hakim Termiziy majmualariga hamda diqqatga sazovor qadamjolariga sayohat tashkil etildi.

Text to speech