Shimoliy Mintaqaviy hudud apparati hamda Denov tumani Ichki ishlar organlari xodimlaridan malaka toifa sinovlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning
“Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axlokiy-psixologik
tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar organlari xodimlariga
malaka toifasini berish va malaka toifasiga ega xodimlar hisobini yuritish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq, shuningdek “Ichki ishlar
organlarida 2023-2024-yillar uchun mo‘ljallangan xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik
o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Shimoliy Mintaqaviy hudud apparati
hamda Denov tumani IIB shaxsiy tarkibi xodimlaridan 2023/2024-o‘quv yili yakunida
xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarliklari darajasini baholash
va malaka toifasini berish maqsadida jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda
sportning qo‘l jangi usullaridan to‘g‘ri va oqilona qo‘llashlari yuzasidan sinovlar
qabul qilindi.