Imkoniyati keng firibgar qo'lga olindi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 31 yanvar kuni, tumanning "Bog'aro" mahallasida yashovchi, S.A. va boshqalar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, tumanning "Umid nihollari" mahallasida yashovchi, S.T., S.S. va Bandixon tumanida yashovchi, S.I.lar 2020 yilning dekabr oyida, 12.500.000 (o'n ikki million) so'mlik 1 bosh qora molini, "Elobod" mahallasida yashovchi, S.A.ni 8.500.000 (sakkiz million besh yuz ming) so'mlik 1 bosh qoramolini, "Gultepa" mahallasida yashovchi, X.O. ismli ayolning 9.200.000 (to'qqiz million ikki yuz ming) so'mlik 1 bosh qoramolini, 2019 yil 05 fevral kuni "sahovat" mahallasida yashovchi, X.O.ning 5.790.000 (besh million etti yuz to'qson ming) so'mlik 186 (bir yuz sakson olti) kilogramm go'shtini, 2021 yil 13 fevral kuni, "Umid nihollari" mahallasida yashovchi, R.U.ni 6.600.000 (olti million olti yuz ming) so'mlik 1 bosh qoramolini, 2021 yil 25 yanvar kuni "sahovat" mahallasida yashovchi, Z.M.ni 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik 1 bosh qo'yini aldab olib, o'zlashtirib ketganligini bildirishgan. 9 aprel kuni S.T., S.S.va S.I.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati